» » Ravshan Haydarov va “Paxtakor” yana birga. Kolosovskiy ishdan olindi

Ravshan Haydarov va “Paxtakor” yana birga. Kolosovskiy ishdan olindi


Ravshan Haydarov “Paxtakor” bosh murabbiyi sifatida uchinchi bor tanishtirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Paxtakor” buni mavsum boshidagi qoniqarsiz natijalar bilan izohladi. 2-turda “Neftchi” bilan durang o‘ynagan Toshkent klubi, keyinroq o‘z maydonida “Dinamo”dan 0:1, Muborakda “Mash’al”dan 0:3 hisobida yengildi. So‘nggi qoqilish bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiyning iste’fosi bilan yakuniga yetdi.

Yangi bosh murabbiy Ravshan Haydarov “Paxtakor” uchun begona emas. U 2006, 2007, 2010 va 2011-yilgi mavsumlarda ham “Paxtakor”ni boshqargan va ikki martadan O‘zbekiston chempionati va kubogida zafar quchgan.

Ma’lumot uchun, Qatarga qarshi uchrashuvdan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan “Paxtakor”ni tanqid ostiga olib, uch nafar futbolchining bosh jamoaga jarohat bilan yetib kelganini qayd etgandi. Ko‘p o‘tmay, uning termadagi yordamchisi Ravshan Haydarovga “Paxtakor”, “Paxtakor”ga esa Ravshan Haydarov nasib qildi.

Опубликовано: admin (6-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют