» » Muftiy Usmonxon Alimovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Muftiy Usmonxon Alimovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy hay’at a’zolari, diniy idora rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, taniqli imom-xatiblar ishtirok etdi. Bu haqda O‘MI matbuot xizmati ma’lum qildi.

Majlisda yakuniga yetib borayotgan 2019-yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Jumladan, masjidlar, diniy ta’lim muassasalari, ziyoratgohlar va tizimdagi boshqa tashkilotlar faoliyatining yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi. Shuningdek, joriy yilda masjidlar faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tuzilmasida yangi joriy etilgan raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Homidjon Ishmatbekov nomzodi ma’qullandi.

Ma’lumot o‘rnida, Homidjon Ishmatbekov 1970-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent islom instituti, Madina islom universitetida tahsil olgan. Faoliyati davomida “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri, Toshkent shahar “Muhammad Nosir hoji” masjidi imom-xatibi, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mudiri lavozimlarida xizmat qilgan. Bir qator kitob va ilmiy maqolalar muallifi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют