» » Birja savdolarida AI-91 benzini va suyultirilgan gaz narxi arzonlashdi

Birja savdolarida AI-91 benzini va suyultirilgan gaz narxi arzonlashdi


9–13-dekabr kunlari “O‘zRTXB” AJda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi ustuvor ravishda pasaydi. Bu haqda tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 3499,4 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi va shundan 2726,0 tonnasi sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,7 foizga pasayib bir tonnasi uchun 6270,7 ming so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 13,3 milliard so‘mlik 4880,0 tonna suyultirilgan gaz sotdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 1,9 foizga pasayib, bir tonna uchun 2730,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Qora metall bozorida narxlar pasayib borayotgan o‘zgarishlar kuzatilmoqda. ST 12-35 GS armaturaning narxi 1,3% ga pasayib, bir tonnasi uchun 5491,8 ming so‘mni tashkil etdi. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallning hajmi jami 7,6 ming tonnani tashkil qilgan.

Sement bozori ham narxlar pasayishini ko‘rsatmoqda. PS M-400 D-20 sement bo‘yicha narxlar avvalgi haftaga nisbatan 1,3 foizga pasayib, 505,3 ming so‘mni tashkil qildi. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni 460,0-750,0 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Paxta tolasi bozorida yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (oliy 2019) dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 2,3 foizga o‘sib, bir tonna uchun 14,9 million so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 10,9 million so‘mdan 14,5 million so‘mgacha bo‘ldi.

Plyonka ishlab chiqarishda foydalaniladigan F-0120 poliyetilenning narxi 7,4 foizga pasayib, 11,4 million so‘mni tashkil etdi. O‘tgan haftada jami 1,8 ming tonna poliyetilen sotilgan.

O‘tgan haftada karbamid bozorida narxlar biroz ko‘tarilishi kuzatildi. Karbamid “V” ning bahosi o‘tgan haftada 0,9 foizga o‘sib, bir tonnasi uchun 1831,7 ming so‘mni tashkil etdi. Umuman olganda, hafta davomida birja savdolari orqali 41,7 ming tonna mineral o‘g‘itlar sotildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют