» » O‘zbekiston gender tengligi bo‘yicha reytingga kiritilmadi

O‘zbekiston gender tengligi bo‘yicha reytingga kiritilmadi


Xalqaro iqtisodiy forum yakunlanayotgan yil bo‘yicha Global Gender Gap Index reytingini e’lon qildi, deb xabar beradi “Fontanka”.

Indeks butun dunyodagi 153 davlatni to‘rt yo‘nalish bo‘yicha hisoblab tuzilgan: sog‘liqni saqlash va uzoq umr ko‘rish davomiyligi, iqtisodiyot va karyera, ta’lim hamda siyosiy huquq. O‘zbekiston ushbu reytingga kiritilmagan.

Rossiya esa reytingning 81-pog‘onasidan o‘rin olgan. Ta’kidlanishicha, mamlakatda asosiy muammo — siyosiy jabhalardagi gender tengligi. Rossiya bu borada jahon bo‘yicha 122-o‘rinda ketmoqda. Parlamentdagi ayollar soni bo‘yicha 112-o‘rinda. Xalqaro iqtisodiy forumning qayd etishicha, so‘nggi 50 yildan buyon Rossiya, Italiya, Meksika, JAR, Ispaniya, Shvetsiya va AQSh kabi jahonning 85 davlatini faqatgina erkaklar boshqarib kelmoqda.

Umumiy hisobda olganda butun dunyoda parlamentning to‘rtdan bir qismini ayollar egallamoqda (25,2 foiz) va vazirliklardagi lavozimlarning beshdan biri (21,2 foiz) ayollar qo‘lida.

Gender tengligi masalalarida eng tolerant davlatlar bu — Shimoliy Yevropa mamlakatlari: Islandiya (87,7 foiz, Norvegiya (84,2 foiz), Finlyandiya (83,2 foiz) va Shvetsiya (82,0 foiz). Top-10 ro‘yxatdan Nikaragua (80,4 foiz), Yangi Zelandiya (79,9 foiz), Irlandiya (79,8 foiz), Ispaniya (79,5 foiz), Ruanda (79,1 foiz) va Germaniya (78,7 foiz) o‘rin olgan.

AQSh esa ro‘yxatning 53-o‘rinni egallagan. Reytingning oxiridan Pokiston (56,4 foiz), Iroq (53 foiz) va Yaman (49,4 foiz) o‘rin olgan.

2019-yilning fevralida Jahon banki “Ayollar, biznes va qonun—2019” reytingida 116-o‘ringa joylashtirgan edi. Mazkur reytingda Rossiya Sobiq Ittifoq davlatlari orasida faqatgina O‘zbekistondan oldingi o‘rinda edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda ayollarning gender tengligini himoya qiluvchi komissiya tuziladi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyi oxirlarida Toshkentda “XXI asrda gender va yoshlar masalalarida sheriklikni rivojlantirish” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tgan edi. Unda so‘z olgan Senat raisi Tanzila Norboyeva xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida tenglikni ta’minlash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilayotgani, 22-dekabr kuni bo‘ladigan saylovlarda Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligi uchun ko‘rsatilgan 750 nafar nomzodning 41,3 foizini xotin-qizlar tashkil etganligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют