» » Yaponiyada “O‘zsanoatqurilishbank” faoliyati taqdimot qilindi

Yaponiyada “O‘zsanoatqurilishbank” faoliyati taqdimot qilindi


Joriy yilning 16-dekabr kuni Tokioda davlatimiz rahbarining Yaponiyaga rejalashtirilayotgan tashrifi doirasida Sumitomo Mitsui Banking Corporation (SMBC), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) hamda O‘zbekistonning yirik banklari o‘rtasida loyihalarni moliyalashtirish sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda SMBC, YETTB va O‘zbekiston banklari mas’ullari, shuningdek, 80 dan ortiq Kunchiqar yurt biznes hamjamiyati, Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, bank tizimining savdoni moliyalashtirish sohasidagi imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar Yaponiya biznes hamjamiyati e’tiboriga havola etildi.

“O‘zsanoatqurilishbank” rahbariyati tomonidan bank faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot, xususan, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda moliya muassasasida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida birinchi bo‘lib xalqaro qarz bozoridagi muvaffaqiyatli debyuti yaponiyalik ishbilarmonlar tomonidan xayrixohlik bilan kutib olindi.

Ishtirokchilar bu kabi tadbirlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro savdoni rivojlantirish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют