» » Boysunda 435 mln so‘mlik sifatsiz dori va 101 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Boysunda 435 mln so‘mlik sifatsiz dori va 101 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari musodara qilindi


Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Boysun tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Tadbir davomida fuqaro Ya.F. boshqaruvidagi Isuzu yuk avtomashinasi to‘xtatilib belgilangan tartibda tekshirildi.

Natijada, yuk avtotransport vositasida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va aksiz markalari bilan markalanmagan umumiy qiymati 101,3 million so‘mlik tamaki mahsulotlari va umumiy qiymati 435,2 million so‘mlik, xorijda ishlab chiqarilgan va sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют