» » Artur Taymazov Pekin—2008 Olimpiadasi chempionligidan mahrum etildi

Artur Taymazov Pekin—2008 Olimpiadasi chempionligidan mahrum etildi


Pekin—2008 Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qilib, +120 kilogramm vazn toifasida oltin medalga ega chiqqan kurashchi Artur Taymazov chempionlikdan mosuvo qilindi. Bu haqda Olympics sayti xabar berdi.

Avvalroq Artur Taymazovdan olingan doping namunasi ijobiy chiqqani aytilgandi. Bu xabar o‘z tasdig‘ini topsa, oltin medal Taymazov bilan final jangida gilamga chiqqan rossiyalik Baxtiyor Ahmedovga nasib qilishi mumkinligi qayd etilgandi.

Qayta tekshiruvlar Taymazovning taqiqlangan moddadan foydalanganini tasdiqladi va u oltin medalidan mahrum qilindi.

Ma’lumot uchun, Artur Taymazov uch karra Olimpiada chempioni hisoblanadi. U Afina—2004 va London—2012 Olimpiadalarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Sidney—2000 Olimpiadasida esa O‘zbekiston delegatsiyasiga kumush medalni olib bergandi.

Опубликовано: admin (6-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют