» » Turkiya kompaniyasi “Chorsu” mehmonxonasi negizida 5 yulduzli mehmonxona qurmoqchi

Turkiya kompaniyasi “Chorsu” mehmonxonasi negizida 5 yulduzli mehmonxona qurmoqchi


Istanbulda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanuvchi Turkiyaning Elite World Hotels kompaniyasi boshqaruvi kengashi raisi Jo‘shqun Elik (Co?kun Elik) bilan uchrashishdi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Uchrashuvda qo‘mita mutaxassislari tomonidan O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlar, turizm sohasini rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlar va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Jo‘shqun Elik Toshkent shahridagi “Chorsu” mehmonxonasi binosida 5 yulduzli mehmonxona tashkil qilishga qiziqish bildirdi. Mazkur loyihani ko‘zdan kechirish va unga investitsiya kiritish masalasida muzokara o‘tkazish uchun kompaniya rahbarining O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Uchrashuv yakuniga ko‘ra kelgusida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1982-yilda qurilgan mehmonxona avvaliga “Moskva” nomini olgan. O‘zining joylashgan o‘rni hamda tengi yo‘q dizayni bilan tez orada bino shahar timsoliga aylangan. 2000-yillar boshida mehmonxona ta’mirlash uchun yopilgan. Mehmonxonaning yangi ko‘rinishi suratlari ham paydo bo‘lgan. Biroq ta’mirlash ishlari vaqti-vaqti bilan to‘xtab qolgan. Bu vaqt mobaynida bino reklama bannerlari uchun qulay joyga aylandi.

Bir necha yillardan buyon vayrona ahvolda bo‘lgan “Chorsu” mehmonxonasi 2019-yili ishga tushirilishi haqida 2018-yilning may oyida xabar berilgan. Rekonstruksiya ishlari bilan turkiyalik investor Ahmet Demir shug‘ullanishi aytilgan. Keyinroq Ahmet Demir mehmonxonani rekonstruksiya qilish ishlari sust ketishida Toshkent shahar hokimligini ayblagan, turkiyalik ishbilarmonning mazkur e’tirozlariga Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari javob qaytargandi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yilnig 16-sentabridagi qaroriga muvofiq sobiq “Chorsu” mehmonxonasi boshlang‘ich 1 so‘m qiymatida qayta sotuvga qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют