» » Jahongir Otajonovning badiiy kengashdan o‘tmagan klipi “Mavsum xitlari”da “O‘zbekkonsert” tomonidan taqdirlandi (video)

Jahongir Otajonovning badiiy kengashdan o‘tmagan klipi “Mavsum xitlari”da “O‘zbekkonsert” tomonidan taqdirlandi (video)


“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Mavsum xitlari—2019” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “Mavsum xitlari—2019”da Jahongir Otajonov “Qaddi baland” videoklipi uchun taqdirlandi. Bu haqda taqdirlash marosimida mehmon bo‘lgan “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad xabar bermoqda.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash badiiy kengashining 2018-yilning 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan  yig‘ilishida Jahongir Otajonovning “Qaddi baland” deb nomlangan video klipi ba’zi juz’iy kamchiliklar ko‘zga tashlangani sababli rad etilgan edi.

Keyinroq bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanlarining birida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov Jahongir Otajonovning “Qaddi baland” deb nomlangan qo‘shig‘i klipi bilan bog‘liq muammoli vaziyat haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgandi.

Jahongir Otajonovning “Qaddi baland” nomli qo‘shig‘i jamoatchilik tomonidan keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Jahongir Otajonovga badiiy kengash tomonidan “qo‘shiq so‘ziga e’tiroz bo‘ldi”, deya noto‘g‘ri ma’lumot berilgan. Aslida e’tiroz she’rga emas, klipdagi nojo‘ya xatti-harakatlar, oila davrasida ko‘rish mumkin bo‘lmagan holatlarga tegishli edi. Qizlarning bir-biriga yopishib o‘ynagan holatlari mavjudligi uchun klip bir marta badiiy kengashdan qaytarilgan.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov

Jurnalist Feruz Muhammad Jahongir Otajonov bilan bo‘lib o‘tgan qisqa suhbat davomida ushbu qiziq holat haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

‘Bu ashulaga nimaga qarshilik ko‘rsatishgan ekan’, deb ham odamlarning e’tibori yanada qattiq qaratilib, piar bo‘lgandir. Bugunga kelib taqdirlashdi, xursandman (kulib). Bugun bayram bo‘lgani uchun hech kimni tanqid qilmoqchi emasman. Nima bo‘lishidan qat’i nazar bu e’tibor odamga baribir yoqimli. Hammadan Alloh rozi bo‘lsin, bizning mehnatimizni taqdirlash uchun kimni barmog‘i tekkan bo‘lsa ham duo qilamiz, Alloh rozi bo‘lsin.

Jahongir Otajonov, xonanda

Ma’lumot uchun, Jahongir Otajonovning “Qaddi baland” deb nomlangan videoklipi YouTube tarmog‘ida 22 000 000 dan ortiq tomosha qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют