» » Avstraliyada so‘nggi yuz yildagi eng issiq harorat kuzatildi

Avstraliyada so‘nggi yuz yildagi eng issiq harorat kuzatildi


Avstraliyaning ayrim hududlarida havo harorati 45 darajagacha ko‘tarildi. Bundan oldingi rekord 2013-yilning 7-yanvarida o‘rnatilgan. O‘shanda havo harorati 40,3 darajaga yetgan edi, deb xabar beradi RTVI.

Meteorologlarning fikricha, havo haroratining ko‘tarilishi Hind okeanidagi iqlim o‘zgarishiga bog‘liq: okeanning g‘arbiy qismida, Afrika qirg‘oqlarida tez-tez yog‘ingarchilik ro‘y berib, suv toshqinlari bo‘lmoqda. Janubi-sharqiy Osiyo va Avstraliya esa qurg‘oqchilikni boshidan o‘tkazyapti.

Qit’ada havo haroratining oshishi 1950-yillardan buyon kuzatilmoqda. Bunga global isish sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, Avstraliya jon boshiga hisoblaganda havoga is gazini eng ko‘p ajratadigan davlatlardan biri hisoblanadi. Chunki mamlakat hamon elektr energiyasini ishlab chiqarishda yonilg‘idan foydalanib keladi.

2019-yil Avstraliyada uchun so‘nggi yuz yillikdagi eng issiq yil bo‘ldi. Noyabr oyida Yangi Janubiy Uels shtati gubernatori favqulodda holat e’lon qilgandi. 12-noyabr kuni Sidneyda halokatli daraja e’lon qilingan bo‘lib, hukumat 500 ga yaqin maktablarni yopgan, 400 mingdan ortiq odamni evakuatsiya xavfidan ogohlantirgan edi.

Avstraliya hududida havo haroratining isib ketishi tufayli yuzaga kelgan eng yirik yong‘inlar 2009-yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda 173 kishi halok bo‘lgan, 414 kishi jarohat olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют