» » Andijon viloyati hokimi talabalar uchun stipendiya joriy etdi

Andijon viloyati hokimi talabalar uchun stipendiya joriy etdi


Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun stipendiya ta’sis etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyati hokimi viloyatdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar orasidan o‘zining yuksak iqtidor va qobiliyatini namoyon eta oladigan, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda respublika va xalqaro darajadagi yutuqlar ko‘lamini kengaytirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida stipendiya tanlovi tashkil etdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, oliy o‘quv yurtlari hamkorligida o‘tkaziladigan tanlov g‘olibi oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ham ta’minlanadi.

Mavzuga doir: Andijon hokimi Shuhratbek Abdurahmonov 15 ming so‘mga talabalar oshxonasida tushlik qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют