» » Angliya Liga Kubogi. Manchester jamoalarida g‘alaba, “Lester” penaltilar seriyasiga ko‘ra “Everton”dan ustun keldi

Angliya Liga Kubogi. Manchester jamoalarida g‘alaba, “Lester” penaltilar seriyasiga ko‘ra “Everton”dan ustun keldi


Angliya Liga Kubogining chorak finalidan o‘rin olgan bahslar 18-dekabr, chorshanba kuni davom ettirildi.

“Manchester Siti” safarda “Oksford Yunayted” bilan bahs yuritdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Joau Kanselu mankunianliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasida Metti Teylor muvozanatni tiklashga erishdi. Biroq oradan to‘rt daqiqa o‘tib Rahim Sterling yana mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 70-daqiqada Sterling dubl qayd etgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Yana bir Manchester vakili “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Kolchester”ni qabul qildi va yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Markus Reshford 51-daqiqada o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay mehmonlar vakili o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 61-daqiqada Antoni Marsiyal hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

“Everton” va “Lester” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy vaqtida durang natija qayd etildi. Penaltilar seriyasida omad “tulkilar”ga kulib boqdi.

Shu tariqa g‘olib jamoalar Liga Kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Avvalroq “Aston Villa” “Liverpul”ni mag‘lub etgan holda (5:0) ilk yarim finalchiga aylangandi.

Angliya Liga Kubogi

? final bahslari

18-dekabr, chorshanba

Gollar: 0:1 — 22 Joau Kanselu, 1:1 — 46 Teylor, 1:2 — 50 Sterling, 1:3 — 70 Sterling.

Gollar: 0:1 — 26 Meddison, 0:2 — 29 Evans, 1:2 — 70 Devis, 2:2 — 90+2 Beyns.

Gollar: 1:0 — 51 Reshford, 2:0 — 56, avtogol Jekson, 3:0 — 61 Marsiyal

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют