» » Qarshida YPX xodimiga 500 ming so‘m pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olindi

Qarshida YPX xodimiga 500 ming so‘m pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olindi


14-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX katta inspektoriga o‘z avtomashinasini vaqtinchalik jarima maydonchasidan olib chiqishda yordam so‘rab, 500 ming so‘m pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

13-dekabr kuni soat 12:00 larda Qarshi shaharida xizmat olib borayotgan katta serjant Doston Ergashov Matiz rusumli avtomashina haydovchisi xavfsizlik kamarini taqmasdan boshqarib kelayotganini ko‘rib, uni to‘xtatgan. Matiz haydovchisi esa inspektorning to‘xtash ishorasiga amal qilmasdan harakatini davom ettirgan.

Nihoyat shaharning Amir Temur ko‘chasida joylashgan Qarshi davlat universiteti yonida to‘xtatilgan avtomashina haydovchisidan boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari so‘ralganda u hech qanday hujjat taqdim etmagan. Qoidabuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

“Surishtiruvda qoidabuzar haydovchi Qarshi tumanida yashovchi fuqaro A.J. ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ertasi kuni fuqaro A.J. YPX katta inspektori katta serjant Doston Ergashovga uchrashib, avtomashinasini vaqtinchalik jarima maydonchasidan olib chiqishda yordam bersa, evaziga 500 000 so‘m berishini bildiradi. 14-dekabr kuni soat 18:40 larda fuqaro A.J. Doston Ergashovga 500 000 so‘mni pora sifatida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Samarqandda IIB xodimiga qarindoshiga chora ko‘rmaslik uchun pora taklif qilgan fuqaro qo‘lga olindi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.J.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют