» » Bosh prokuratura Yunusobod metrosi qurilishidagi fojia yuzasidan jinoyat ishi ochdi

Bosh prokuratura Yunusobod metrosi qurilishidagi fojia yuzasidan jinoyat ishi ochdi


Toshkent metropoliteni “Yunusobod” yo‘nalishining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258- moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘lgan edi. Ularning oila a’zolariga 100 million so‘mdan kompensatsiya puli berilishi ma’lum qilingan.

Xabar to‘ldirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют