» » “Liverpul” yaponiyalik futbolchi transferini e’lon qildi

“Liverpul” yaponiyalik futbolchi transferini e’lon qildi


Yaponiya terma jamoasi va “Zalsburg” futbol klubi hujumchisi Takumi Minamino faoliyatini “Liverpul”da davom ettiradi. Bu haqida klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Transfer va kelishuvning tafsilotlari ochiqlanmagan. Yaponiyalik hujumchi 2020-yilning 1-yanvaridan “qizillar” futbolchisiga aylanadi. Avvalroq “Liverpul” Minaminoni 7,25 million funtga sotib olishi mumkinligi xabar qilingandi.

24 yoshli futbolchi “Zalsburg” safida 199 o‘yin o‘tkazib, 64 ta gol urishga erishdi. Shuningdek u Yaponiya terma jamoasidagi 22 o‘yinda 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Avstriya Bundesligasining ushbu mavsumida Minamino 14 uchrashuvda beshtadan gol va samarali uzatmaga muallif bo‘ldi. Chempionlar Ligasida esa 6 o‘yinda ikkita gol urdi va uchta samarali uzatma amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют