» » Jomboyda Matiz velosiped haydab ketayotgan fuqaroni urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi

Jomboyda Matiz velosiped haydab ketayotgan fuqaroni urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi


“Olmaota—Toshkent—Termiz” yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida velosiped haydab ketayotgan fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

12-dekabr kuni taxminan soat 19:45 larda 28 yoshli S.M. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasida M-39 yo‘lining “Toshkent—Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotganida yo‘lning Jomboy tuman “Qoramo‘yin” mahallasi hududidagi 1061-kilometrida piyodalar o‘tish joyidan chapdan o‘ng tomonga kesib o‘tayotgan velosipedchi 50 yoshli H.B.ni urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.

Ta’kidlanishicha, H.B. olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Jomboy tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 12-dekabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: Xorazmda ro‘y bergan dahshatli YTH oqibatida 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют