» » Artel: Yaqinlaringizga eng yorqin sovg‘alarni hadya qiling

Artel: Yaqinlaringizga eng yorqin sovg‘alarni hadya qiling


Yangi yil bayrami yaqinlashmoqda. Bayramona, shod kayfiyat, hayajonga boy sovg‘alar almashish onlari kundan-kunga yaqinroq. Siz yaqinlaringizga nima sovg‘a qilishni o‘ylab topdingizmi? Artel kompaniyasi oilangizga xush kelishi mumkin bo‘lgan sovg‘alar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Yaqinlaringizga nima sovg‘a qilishni o‘ylab turgan bo‘lsangiz, bu maqola Siz uchun!

Kir yuvish mashinasi – tozalikdan rohatlaning

Doimo tozalikdan rohatlanish uchun nima zarur? Albatta, kir yuvish mashinasi! Oilangiz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing, sayr qiling, do‘stlaringiznikiga mehmonga boring, xullas, yoqimli ishlar bilan shug‘ullaning, kir yuvish mashinasi esa bu vaqtda kiyimlaringizni top-toza qilib yuvib qo‘yadi.

Artel kompaniyasi yarim avtomat va avtomat kir yuvish mashinalarini ishlab chiqaradi. Siz hajmi 4,5 kg dan 8 kg gacha, energiya samaradorligi A klassiga mansub va 15 tagacha yuvish tizimlariga ega bo‘lgan kir yuvish mashinalari orasida o‘zingizga mosini tanlashingiz mumkin.

Televizor – birdamlik uchun

Televizor kabi barcha yaqinlarni bir joyda to‘play oladigan o‘zga maishiy texnika bo‘lmasa ham kerak. Yangi yil arafasida katta oilalar uchun eng yoqimli sovg‘alardan biri bu aynan televizordir.

Artel kompaniyasi didingizga va talablaringizga to‘liq javob bera oladigan televizorlarni taklif etadi. Artel televizorlari assortimentida 22 ta model mavjud. Ularning ekran diagonali 22 dyuymdan 75 dyuymgacha bo‘lib, barcha modellarda tyunerlar oldindan o‘rnatilgan. AU belgisiga ega televizorlarning ekran formati Ultra HD, Smart televizorlarda esa eng zamonaviy Android TV 9.0 operatsion tizimi o‘rnatilgan.

Oshxona plitasi – mazali taomlardan lazzatlaning

Oshxona plitasi har qanday xonadonning eng muhim, ajralmas qismi. Bayram kunlari yoki oilangiz bilan kechki ovqatga yig‘ilganda, mazali palovning xushbo‘y hidi xonadonda tarqalib, taomingizni barcha intizor bo‘lib kutishiga nima yetsin?

Oilangizda taom tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladigan bo‘lsa kombinatsiyalashtirilgan oshxona plitalari bilan qiziqib ko‘ring. Kombinatsiyalashtirilgan plitalar gaz va elektr plitalarining barcha ustunliklarini o‘zida mujassam etgan. Agar yaqinlaringizni nafaqat yuqori funksionallik, balki o‘zgacha, go‘zal dizayn bilan lol qoldirmoqchi bo‘lsangiz retro uslubida yaratilgan Artel Apetito 10-G Retro oshxona plitasiga e’tiboringizni qarating.

Konditsioner - xonadoningizda shinamlik yaratadi

Yurtimiz o‘zining jazirama issiq va izg‘irin sovuq havosi bilan ajralib turadi, shu sababli xonadonda konditsionerga ega bo‘lish bizning o‘lkamizda zaruriyatdir. Bundan tashqari, zamonaviy konditsionerlar nafaqat havo haroratini sovitishi yoki isitishi, balki ventilyatsiyalashi va tozalashi ham mumkin.

Aytish lozimki, kichik xonadon uchun devorga osiladigan yoki mobil konditsionerning o‘zi yetarlidir. Artel konditsionerlari hatto 150 V kabi past kuchlanishda ham bemalol ishlay oladi. Turli dizayn va ranglarda ishlab chiqariladigan Artel konditsionerlari har qanday xona intereriga to‘g‘ri keladi.

Changyutgich – bo‘sh vaqtingzni unumli o‘tkazing

Zamonaviy texnologiyalar hayotimzni ancha osonlashtiradi. Agarda siz vaqtingizni uy tozalash bilan emas, unumliroq o‘tkazishni istasangiz, Artel changyutgichlaridan foydalaning. Artel changyutgichlari ixcham gabarit o‘lchamlariga ega, ulardan foydalanish esa juda ham oson. Misol qilib aytganda, Artel VCC 0220 siklon changyutgichlari har qanday joyni osonlik bilan tozalashga qodir.

Har qanday sovg‘a – yaqinlaringizga bo‘lgan mehr va e’tiboringizning belgisidir. Yangi Yil esa oilangizga yana bir bor o‘z muhabbatingizni izhor qilish uchun eng a’lo paytlardan biri. Hadya qilgan va qabul qilgan sovg‘alaringiz sizga doimo shodlik baxsh etishini tilab qolamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun (+998)78 148-88-88 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki https://www.facebook.com/arteluzb/ sahifasiga tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют