» » Rouz va Jek qanday vaziyatda tanishgandi? “Titanik” filmi bo‘yicha test

Rouz va Jek qanday vaziyatda tanishgandi? “Titanik” filmi bo‘yicha test


Bugun, 19-dekabr millionlab muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan “Titanik” filmi premyerasi bo‘lgan kun. Kino olamida eng ko‘p 11 ta Oskar mukofoti berilgan ushbu film ilk bor 1997-yil AQShda tomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan. Jami 200 million dollar sarflangan film kinomatografiya olamidagi eng kassabop film hisoblanib 1,8 milliard dollar daromad keltirgan. Film kassetalarda chiqarilganiga qaramay, 287 kun davomida kinoteatrlarda namoyishi to‘xtamay rekord natija qayd etilgan.

Insoniyat tarixidagi eng yirik fojialardan biriga asoslangan film sujeti ikki yosh Jek va Rouzning munosabatlariga asoslangan bo‘lsa-da, uning kuliminatsiyasi afsonaviy kemaning mingdan ortiq yo‘lovchilar bilan suvga g‘arq bo‘lishi hisoblanadi.

Jek roliga Tom Kruz, Bred Pitt, Kristian Beyl, Makoley Kalkin va Mettyu Makkonaxi, Rouz roliga esa Madonna, Sheron Stoun, Nikol Kidman, Gvinet Peltrou kabilar sinab ko‘rilgan, lekin Leonardo va Keyt juftligi eng munosib deb topilgan.

Tomoshabinlar film rejissori Jeyms Kemerondan Jekning nima uchun tirik qolmaganini so‘raganida u shunday javob beradi: “Kemada bo‘lgan yo‘lovchilar nafaqat yaqinlaridan ayrilgan, balki oilaviy cho‘kib halok bo‘lgan va reallikni aks ettirish uchun voqealar rivojida yo‘qotishlarga urg‘u berilgan. Agar Jek tirik qolsa, film bunchalik ta’sirli bo‘lmagan bo‘lardi. Shuning uchun ham ssenariyning 147-sahifasida Jekning o‘lishi yozilgan”.

“Daryo”dagi boshqa testlarni ham yechib ko‘ring:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют