» » Meksikalik narkobaron AQShda umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Meksikalik narkobaron AQShda umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi


Meksikaning “Beltran Leyva” narkokarteli boshliqlaridan biri Alfredo Beltran Leyva 5-aprel, chorshanba kuni AQSh sudi tomonidan umrbod qamoq jazosiga tayinlandi. Bu haqda EFE agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

AQShning Kolumbiya okrugi sudi, shuningdek, nakrofurush 529 million dollar jarima to‘lashi kerakligi haqida qaror chiqardi. Sudya Richard Leon qamoq jazosiga tayinlangan Leyva 2000–2012 yillar davomida AQShda 27,9 tonna giyohvand modda kontrabandasi va savdosidan aynan shuncha pul ishlagan deb topdi.

“Beltran Leyva” karteli Beltran Leyvaning to‘rt aka-ukasi tomonidan tashkil qilingan. 2008-yili kartel a’zolari Meksika politsiyasi boshliqlaridan biri Edgar Eusebio Gomesni o‘ldirgandi. Shundan so‘ng hukumat rasmiylari jinoyatchi guruh a’zolarini yo‘q qildi, ba’zilarini hibsga olib, shu orqali ularning faoliyatini katta zarar yetkazdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют