» » Boulevard turar joy majmuasidan uy-joy sotib olishning 10 ta sabablari

Boulevard turar joy majmuasidan uy-joy sotib olishning 10 ta sabablari


Boulevard turar joy majmuasi – bu poytaxtning zamonaviy ishbilarmonlik markazida qad ko‘targan va sharqona madaniyatning nazokatliligi bilan uyg‘unlashgan Yevropa me’morchiligi klassikasidir. Dream City Development kompaniyasi Tashkent City hududida joylashgan ko‘chmas mulklarni sotib olish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishingiz uchun asosli 10 ta sababni e’tiboringizga havola qiladi.

Boulevard turar joy majmuasi mamlakatdagi o‘z davrining o‘xshashi bo‘lmagan noyob konsepsiyaga ega noyob loyiha – Tashkent City hududida joylashgan bo‘lib, bu maskanda yashash, dam olish va biznes uchun har jihatdan mukammal o‘ylangan shart-sharoitlar yaratilgan. Ichki infratuzilmasi yuqori darajada takomillashtirilgan ushbu mukammal mavze poytaxtning qoq markazida qad ko‘targan bo‘lib, Xalqaro Aeroportgacha 10 daqiqalik yo‘lni tashkil etadi.

Maydoni 46 m2 dan 118 m2 gachani tashkil etuvchi xonadonlar erkin tuzilishga ega va bu sizga maydonni o‘z istagingizga ko‘ra, yuqori darajada hayot tarzingizga moslashtirgan holda rejalashtirishingiz va tartiblashingizga imkon beradi.

Boulevard shoping-avenyu – bu 21 500 m2 maydonda butiklar, qahvaxonalar, restoranlar va boshqa ijtimoiy ob’ektlar uchun ajratilgan maskan bo‘lib, bu yerga tashrif buyuruvchi har bir odam o‘z vaqtini maroqli o‘tkazishi va o‘ziga kerak bo‘lgan barcha zarur narsalarni bir qadam masofada topish imkoniga ega bo‘ladi.

Zamonaviy hayot uchun shahar markazida joylashgan mukammal mavzeda barchasi – ulkan park, savdo markazlari, bolalar bog‘chasi, do‘konlar, bolalar maydonchalari, sayr hiyobonlari, bank va majmua aholisi hamda mehmonlarning kundalik turmushida zarur ehtiyojlarni qondirishlari mumkin bo‘lgan barcha muassasalar mujassam.

Majmuaning yaqinida ulkan dam olish maskani – Tashkent City Parki joylashgan. Umumiy maydoni 18 gektarni tashkil etgan hududda ajoyib ob’ektlar – sun’iy ko‘l, innovatsion musiqali favvora, planetariy, mamlakatdagi birinchi Fly-teatr va mo‘miyo haykallar muzeyi barpo etilgan. Sayr qilish hududlari, o‘yin maydonlari, kafe va restoranlarda aholi maroqli hordiq chiqarishlari mumkin.

So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistondagi investitsion salohiyatga sezilarli ravishda ta’sir ko‘rsatmoqda va Tashkent City XIM loyihasi buning yaqqol namunasidir. Yangi ishbilarmonlik markazi o‘z hududida noyob turar joy majmuasi va tijorat ko‘chmas mulklarini mujassam etgan, bu maskan ishbilarmonlik faoliyatni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratadi va shahar infratuzilmasini yangi bosqichga ko‘tarishga imkon beradi. Shubhasiz, poytaxtning ishbilarmonlik markazidagi ko‘chmas mulk eng foydali sarmoyalardan biri hisoblanadi.

Majmua aholisi ularga ko‘rsatilayotgan yuqori darajadagi xizmatdan mamnun bo‘lishlari tabiiy. Yo‘lak va hovlilar tozaligidan tortib, to elektr va santexnika muhandislik tarmoqlari kuzatuvi hamda hudud qo‘riqlanishi – bularning barchasi Pro FM boshqaruv kompaniyasi nazoratida bo‘ladi. Bu kompaniyaning asosiy vazifasi aholi uchun imkon qadar yuqori darajada shinam yashashni ta’minlashdir.

Boulevard turar-joy majmuasida hudud ichkarisiga kirish uchun nazorat qilishning eng zamonaviy choralari ko‘zda tutilgan. Video kuzatuv tizimlari, ko‘riqlash punktlari, yer osti avtoturargohga kirishda avtomobil davlat raqamlarini skaner qilish va majmua mehmonlarini ro‘yxatga olish ishlari har bir kishiga o‘zini xavfsiz his qilish imkonini beradi.

Boulevard turar joy majmuasidan xonadon sotib olar ekansiz, bo‘lajak uyingizning bezatish loyihalarini siz uchun alohida tarzda yaratib berishlari uchun Dream Architect dizayn-byurosining loyihalashtirish bo‘yicha mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin. Ta’mirlashning qoralama yoki toza yakunlangan ishlari, yoki ortiqcha tashvishlarsiz to‘liq amalga oshirilgan dizaynerlik ta’mirlash ishlari – so‘nggi tanlov Sizda!

Boulevard turar-joy majmuasini bunyod etish ishlari bilаn mamlakatning yetakchi kompaniyalaridan biri – Dream City Development shug‘ullanib kelmoqda. Bugungi kunda poytaxtning nufuzli nuqtasida yuz minglab metr kvadrat maydonda zamonaviy xonadonlar va savdo binolari qurilmoqda, minglab mijozlar esa yuqori darajadagi xonadonlarning baxtli egalari bo‘lishga ulgurgan.

Dream City savdo ofisiga tashrif buyuring va bizning mutaxassislarimiz aynan sizga mos keladigan ko‘chmas mulkni tanlashga yordam beradi.

Yagona axborot markazi: (+998) 71?202?22?22

Savdo ofisi dam olish kunlarisiz har kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha faoliyat yuritadi.

Manzil: Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l

Sayt: dreamcity.uz

Telegram

Facebook

Instagram

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют