Chempionlar Ligasining 2018/19-yilgi mavsumida eng ko‘p mablag‘ ishlab topgan klub ma’lum bo‘ldi
UEFA tashkiloti 2018/19-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi ishtirokchilariga taqsimlangan mablag‘lar miqdorini oshkor qildi.
Chempionlar Ligasining 2018/19-yilgi mavsumi guruh bosqichi, pley-offi ishtirokchilar, shuningdek, UEFA Superkubogi qatnashchilariga umumiy hisobda 1 milliard 976 million yevro to‘langan. Bu ko‘rsatkich 2017/18-yilgi mavsumda 1 milliard 412 million yevroni tashkil qilgan.
Eng ko‘p pulni “Barselona” ishlab topgan: 117,7 million yevro. Chempionlar Ligasi g‘olibi “Liverpul” esa 111,09 million yevroga ega bo‘lgan. Finalchi “Tottenhem”ga esa 101,6 million yevro nasib etgan.
Keyingi o‘rinlarni quyidagi jamoalar egallagan:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
