» » Shaya LaBaf ishtirokidagi yangi film Britaniya kinoprokatida atigi 7 funt to‘pladi

Shaya LaBaf ishtirokidagi yangi film Britaniya kinoprokatida atigi 7 funt to‘pladi


The Guardian gazetasi 30-mart—2-aprel kunlari Buyuk Britaniya kinoteatrlarida namoyish etilgan filmlarning kassabopligini ko‘rib chiqdi. Eng muvaffaqiyatli film Emma Uotson ishtirokidagi “Sohibjamol va maxluq” bo‘ldi. Film 6,75 million funt sterling to‘pladi. Premyeradan so‘ng o‘tgan uch hafta ichida film jami 51,4 million funt sterling to‘plashga erishdi. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.

Kinoteatrlardagi eng kam tomoshabin kirgan film rejissor Dito Montielning Shaya LaBaf ishtirokidagi “Urush” filmi bo‘ldi. Kinokartina bir haftada atigi yetti funt sterling to‘pladi (31 800 so‘mdan ko‘proq).

Film Byornli shahridagi faqat bitta kinoteatrda namoyish etilgan. Tanqidchilar filmga past baho bergan.

“Urush” filmi 2015-yilda kinofestivallarda namoyish etilgan, 2016-yil dekabrida esa AQSh, Kuvayt va BAAda katta ekranlarga chiqqan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют