» » Yangi yildan mehnat daftarchasi va mehnat shartnomasi elektron shaklda to‘ldiriladi

Yangi yildan mehnat daftarchasi va mehnat shartnomasi elektron shaklda to‘ldiriladi


2020-yil 1-yanvardan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy etish belgilangan, deb xabar beradi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik huzurida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi tashkil etilib, malakali mutaxassislar ishga jalb qilindi.

Qarorning 3-bandiga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab yangi mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, ularni tugatish holatlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Bunda 2020-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari 2020-yil 1-sentabrdan kechiktirmasdan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Mehnat shartnomalarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

2020-yil 1-yanvardan boshlab, ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mehnat shartnomalaridagi ma’lumotlar asosida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron mehnat daftari joriy etiladi.

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi quyidagi imkoniyatlarni beradi:

Mehnat munosabatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar barcha ish beruvchilar uchun majburiy.

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepuldir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют