» » O‘zbekistonda yangi universitet tashkil etiladi

O‘zbekistonda yangi universitet tashkil etiladi


O‘zbekistonda yangi universitet tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining muhokamaga joylashtirilgan “TEAM universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida aytiladi.

Hujjatda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va “Business School HUMO Campus” mas’uliyati cheklangan jamiyatining TEAM universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.

Quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

Quyidagilar:

Universitet Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Temur Malik ko‘chasi, 146-uy manzilida, uning Termiz shahridagi filiali esa Surxondaryo viloyati Termiz shahri, Hakim at-Termiziy ko‘chasi, 13-uy manzilida joylashgan Surxondaryo viloyati yuridik kolleji hududida tashkil etiladi.

Universitetga kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni hamda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda va chet ellik sheriklar bilan hamkorlikda yangi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga ruxsat beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют