» » “Gazeta.uz”ni sudga berib, 200 mln so‘m undirmoqchi bo‘lgan DTM bu holatni salbiy baholaganlarga javob qaytardi

“Gazeta.uz”ni sudga berib, 200 mln so‘m undirmoqchi bo‘lgan DTM bu holatni salbiy baholaganlarga javob qaytardi


Davlat test markazi jurnalist bergan savol uchun “Gazeta.uz” nashrini sudga berib, 200 million so‘m undirmoqchi ekanligi xabar berilgan edi. Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bu holatni sharmandali deb baholangandi.

DTM matbuot xizmatida qonun ustuvor jamiyatda bu holatning salbiy baholanayotganligi tushunarsiz ekanligi ta’kidlandi.

“Butun jahonda keng tarqalgan demokratik va adolatli yechim sifatida amalda bo‘lgan nizoli holatni sud orqali hal etishning nimasi yomon? Rivojlangan va qonun ustuvor bo‘lgan huquqiy-demokratik jamiyatda adolat sud orqali qaror topishi barchaga ma’lum-ku.

Yana bir tushunarsiz, ajablanarli tomoni — hamisha xolislik, adolat, haq tarafda bo‘lgan, hatto jamoatchilik orasida o‘z o‘rni, obro‘ga ega hurmatli blogerlar ham mavjud holat bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasdan Davlat test markazi sha’niga nohaq gaplarni yozayotganligidir. Bunday hurmati baland blogerlarning eng avvalo holatga aniqlik kiritish, sudga berilganlik sababini aniqlash birlamchi vazifasi edi”, — deyiladi DTM munosabatida.

Shuningdek, DTM oldindan hissiyotga berilmasdan sud qarorini kutish maqsadga muvofiq, deb hisoblashini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют