» » O‘zbekistonda reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona vakolatli davlat organi tashkil etildi

O‘zbekistonda reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona vakolatli davlat organi tashkil etildi


Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot” Telegram kanali.

Nizomga muvofiq, agentlik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Iste’molchilarga tovarlar, ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlash agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Agentlikka Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют