» » “Paxtakor” — “Metallurg” o‘yinida ham Damas avtomobili yutuq sifatida o‘ynaladi

“Paxtakor” — “Metallurg” o‘yinida ham Damas avtomobili yutuq sifatida o‘ynaladi


O‘zbekiston Oliy ligasining 5-turidan joy olgan “Paxtakor” — “Metallurg” o‘yinida Damas avtomobili o‘ynaladi. Bu haqda “Paxtakor” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq “Paxtakor” 3-turdan joy olgan “Dinamo”ga qarshi o‘yinda ham Damas o‘ynagan bo‘lib, o‘sha uchrashuvni 0:1 hisobida boy bergandi. “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda klubni maydonga yangi bosh murabbiy — Ravshan Haydarov olib tushadi.

Damas yutib olish imkoniyati bir martalik chipta yoki mavsumiy abonementi bor muxlisda bo‘ladi. Bir martalik chiptalar sektoriga qarab 10 va 20 ming so‘mdan sotilayotgani aytilgan. Butun bir mavsum uchun chiqarilgan abonement esa 180 ming so‘m.

Опубликовано: admin (6-04-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют