» » OAVlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi

OAVlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi


Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi qaroriga asosan O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilandi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, OAVni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi. Buning uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki “my.gov.uz” platformasi orqali ariza yuborish kerak.

So‘rovnomaga OAV yoki internet nashri tahririyati yuridik shaxs bo‘lmagan hollarda, tahririyat to‘g‘risidagi nizomning nusxasi hamda muassis agar ikkita bo‘lsa, ta’sis shartnomasi ilova qilinadi.

Ariza beruvchi uchinchi shaxs bo‘lgan taqdirda tegishli tartibda berilgan ishonchnomaning elektron nusxasi so‘rovnomaga ilova qilinadi.

Ariza yuborilgandan so‘ng 15 kun mobaynida vakolatli organ OAVni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan qaror qabul qiladi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etadi.

Ariza beruvchi xabarnoma va OAVni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qarorni olgan paytdan boshlab 3 ish kuni mobaynida belgilangan miqdorda davlat bojini to‘laydi.

Davlat boji miqdori quyidagicha:

Ommaviy axborot vositalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda nazarda tutilgan davlat boji summasining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 04:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют