» » Ilhom Ne’matov: Yevrosiyo ittifoqiga kirishga bizni hech kim majburlay olmaydi

Ilhom Ne’matov: Yevrosiyo ittifoqiga kirishga bizni hech kim majburlay olmaydi


Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov O‘zbekistonning Yevrosiyo ittifoqiga a’zo bo‘lishi haqidagi savolga javob qaytardi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

Ne’matov Qirg‘iziston tomonidan O‘zbekistonga qarashli So‘x eksklaviga olib boradigan yo‘lning ochilganidan ikki kun o‘tib yopib qo‘yilgani O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi uchun qilinayotgan navbatdagi bosim emasligini ta’kidladi.

“O‘tgan safar ham aytganman, yana qaytarib aytaman. Yevrosiyo ittifoqiga kirishga bizni hech kim majburlay olmaydi. Chunki O‘zbekiston – nihoyatda salohiyatli, nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda katta obro‘ga ega bo‘lgan davlat. Manfaatlarimizga javob bersagina kiramiz. Hozirgi kunda ekspertlar tomonidan bu masalaning ijobiy tomoni, salbiy tomoni o‘rganilyapti. O‘rganish natijasi taroziga qo‘yilgandan keyin ijobiy tomoni tarozi pallasini bosib ketsa, biz ittifoqqa kiramiz, salbiy tomoni bosib ketsa, demak, uni o‘ylab ko‘ramiz.

Lekin O‘zbekistonning iqtisodi tobora kengayib bormoqda, o‘sib bormoqda. Buning uchun nima kerak? Bozor kerak, maydon kerak. Asosiy maydon qayerda? Qozog‘istonda va Rossiyada. Shundan kelib chiqqan holda iqtisodiy manfaatimizga javob berishini o‘ylab bu tashkilot bilan yaqin hamkorlik qilishimiz kerak”, — deydi Ilhom Ne’matov.

Mavzuga doir: Jamshid Qo‘chqorov: “Agar foydali bo‘lsa, YeOIIga kiramiz”

Avvalroq Ilhom Ne’matov YeOII masalasida O‘zbekiston birinchi navbatda milliy manfaatlarga tayanishini ta’kidlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют