» » AQSh vitse-prezidenti Suriyadagi “gaz hujumi” uchun aybni Asad va Obamaga yukladi

AQSh vitse-prezidenti Suriyadagi “gaz hujumi” uchun aybni Asad va Obamaga yukladi


Suriyaning Xon-Sheyxun shahrida uyushtirilgan “gaz hujumi” bilan bog‘liq barcha dalillar uni Bashar Asad tuzumi amalga oshirganligini ko‘rsatmoqda. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”. 

Shuningdek, Pens Obama ma’muriyatini Suriyada kimyoviy qurol yo‘q qilinishini kafolatlay olmaganlikda aybladi. 

Mazkur fojia Barak Obama ma’muriyatining Asad tuzumi amalga oshirayotgan mislsiz zo‘ravonliklarga qarshi turishdagi muvaffaqiyatsizliklar, Rossiya va Suriyani kimyoviy qurolni yo‘q qilish bo‘yicha va’dalarining uddasidan chiqishiga majburlay olmagani oqibati.

Maykl Pens, AQSh vitse-prezidenti

Suriya inson huquqlari monitoringi markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Idlib viloyatining Xon-Sheyxun shahriga uyushtirilgan “gaz hujumi”da kamida 72 kishi, jumladan, 20 nafar bola va 17 nafar ayol halok bo‘ldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 60) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют