» » Qamchiqdagi qor ko‘chkisi xavfi sababli “Toshkent—Pop—Toshkent” yo‘nalishiga vaqtinchalik qo‘shimcha poyezd qo‘yildi

Qamchiqdagi qor ko‘chkisi xavfi sababli “Toshkent—Pop—Toshkent” yo‘nalishiga vaqtinchalik qo‘shimcha poyezd qo‘yildi


Qamchiq dovonidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi xavfi mavjud bo‘lganligi bois, 21-dekabr kuni avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Shu munosabat bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan Farg‘ona vodiysi va Toshkent shahriga avtotransportda yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarni Pop stansiyasiga yetkazib qo‘yish hamda Toshkent shahriga olib kelish uchun vaqtinchalik qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Xabar berishlaricha, “Toshkent—Angren—Orzu—Pop—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd 21-dekabr kuni soat 11:30 da Toshkent Janubiy vokzalidan jo‘natilgan.

Mavzuga doir: “Qamchiq” dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют