» » O‘zbekiston davlat OTMlarida kontrakt pulini to‘lash muddati birinchi kurs talabalari uchun uzaytirildi

O‘zbekiston davlat OTMlarida kontrakt pulini to‘lash muddati birinchi kurs talabalari uchun uzaytirildi


O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan, shuningdek, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar hamda xorijiy fuqarolar uchun kontrakt pulining birinchi yarmini to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 20-dekabrdagi 11-son bayoni bilan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta’lim shakllari) hamda magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar hamda xorijiy fuqarolar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larining birinchi yarmini o‘tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati etib 2019 yil 31 dekabr (shu kuni ham) belgilandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют