» » O‘zbekistonda oliygohlarga kirish uchun topshiriladigan test sinovi fanlar majmuasi, topshiriqlar soni hamda ularni baholash mezonlari tasdiqlandi

O‘zbekistonda oliygohlarga kirish uchun topshiriladigan test sinovi fanlar majmuasi, topshiriqlar soni hamda ularni baholash mezonlari tasdiqlandi


O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 20-dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan xabar berishlaricha, 2020/2021 o‘quv yili qabulidan test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratiladi:

“Keyingi o‘quv yili qabulida abituriyentga 5 ta fan bo‘yicha jami 105 ta test topshirig‘i beriladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 280,5 ball”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Bloger Xushnud Xudoyberdiyevning qo‘shimcha qilishicha, ayrim yo‘nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi.

“Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada bo‘ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o‘rtacha, qiyin) bo‘ladi”, — deb yozadi u.

Qayd etish joiz, beshta fandan test bo‘lishiga oid tartib faqat davlat OTMlariga taalluqli — ushbu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas. O‘z navbatida, uchta majburiy fan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlar uchun, shuningdek magistratura uchun taalluqli emas. 3+2 ko‘rinishdagi yangi tartib bakalavriatning barcha ta’lim shakllari — kunduzgi, sirtqi, kechki — uchun birdek qo‘llanadi.

Qayd etishlaricha, majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15 ta savol ichida adabiyot fanidan, O‘zbekiston tarixi fanidan tushadigan 15 ta savol ichida jahon tarixidan, matematika fanidan tushadigan 15 ta savol ichida esa geometriya yoki informatikadan test savollari bo‘lmaydi. O‘z navbatida mutaxassislik blokida matematika fanidan tushadigan 30 ta savol ichida informatikadan savollar bo‘lmaydi.

Test savollari tushadigan darsliklar ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют