» » Entoni Joshuaning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi

Entoni Joshuaning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi


Og‘ir vaznda WBA, IBF, WBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (23-1-0, 21 KO) 2020-yil aprelida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda bokschining promouteri Eddi Hirn ma’lum qildi.

Hirnning so‘zlariga ko‘ra, Joshua IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar Kubrat Pulevga (28-1-0, 14 KO) qarshi jang olib boradi.

Bundan tashqari, Hirn Entonining Aleksandr Usikka qarshi ringga ko‘tarilishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilib, og‘ir vaznda mutlaq chempion bo‘lish uchun Deontey Uaylder—Tayson Fyuri revansh jangi g‘olibi bilan ham to‘qnashishga tayyor ekanligini aytdi.

Yanada ko‘proq boks va MMA’ga oid yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, @UFCBOXUZ’ga obuna bo‘ling!

Avvalroq Joshuaning o‘zi Pulev bilan emas, balki Usik bilan jang qilish niyatida ekanligini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют