» » “Roma”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng “Fiorentina” Montellani ishdan bo‘shatdi

“Roma”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng “Fiorentina” Montellani ishdan bo‘shatdi


“Fiorentina” futbol klubi jamoa bosh murabbiyi Vinchenso Montellani iste’foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Fiorentina” A Seriya 17-turi doirasida o‘z uyida “Roma”ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shundan so‘ng klub rahbariyati Montellani ishdan bo‘shatishga qaror qilgan.

Montella 2019-yil 10-aprelidan beri “Fiorentina”ni (ikkinchi marta qaytishi klubga) boshqarib kelayotgandi. Bunga qadar esa u “Roma”, “Kataniya”, “Sampdoriya”, “Milan” va “Sevilya” klublarida ishlashga ulgurdi.

A Seriya 17-turidan so‘ng “Fiorentina” 17 ochko bilan 14-o‘rindan joy olib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют