» » “Bavariya” o‘z uyida g‘alaba qozonib, Bundesligada 3-o‘ringa ko‘tarildi

“Bavariya” o‘z uyida g‘alaba qozonib, Bundesligada 3-o‘ringa ko‘tarildi


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 17-turi doirasida 21-dekabr, shanba kuni 5 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida “Volfsburg”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 85-daqiqasida “qizillar” hujumchisi Joshua Zirkzeye hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib myunxenliklar yarim himoyachisi Serj Gnabri hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa Myunxen klubi o‘z uyida kechgan bahsda “Volfsburg”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Bavariya” ochkolari sonini 33 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Volfsburg” esa 24 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.

Bundesliga

17-tur bahlari

21-dekabr, shanba

Gollar: 1:0 — 85 Zirkzeye, 2:0 — 89 Gnabri

Gollar: 0:1 — 8 Niderlexner, 1:1 — 68 Laymer, 2:1 — 79 Shik, 3:1 — 89 Poulsen

Gol: 0:1 — 90 Alario

Gollar: 1:0 — 26 Serdar, 1:1 — 54, penalti Petersen, 1:2 — 67, penalti Grifo, 2:2 — 80 Kutuju

Gol: 1:0 — 39 Kordoba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют