» » O‘zbekiston ODKBga qaytishi mumkinmi? TIV vakili munosabat bildirdi

O‘zbekiston ODKBga qaytishi mumkinmi? TIV vakili munosabat bildirdi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Rossiyaning “RIA Novosti” agentligiga bergan katta intervyusida mamlakatning ODKB tarkibiga qaytishi haqidagi savolga ham javob berdi.

Agentlik muxbirining: “O‘zbekistonning ODKBga qaytishi ehtimoli bormi?”, mazmunidagi savoliga javob berarkan, Ne’matov hozircha bunday gap-so‘zlar yo‘qligini ta’kidlagan.

“Hozir, men shunday ko‘ryapman, bu borada hech qanday gap-so‘z yo‘q. Ko‘rib turganingizdek, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bo‘yicha juda katta gap, katta muhokamalar bo‘lyapti, turfa fikrlar yangramoqda. ODKB bo‘yicha esa hozircha hech qanday gap-so‘z eshitganim yo‘q”, — dedi Ilhom Ne’matov.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) a’zo malmakatlarning hududiy-iqtisodiy makonini har qanday harbiy-siyosiy tajovuzlar, xalqaro terrorchilar va yirik tabiiy ofatlardan armiyalar va qo‘shimcha bo‘linmalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan muhofaza qilishni maqsad qilgan mintaqaviy xalqaro tuzilmadir.

Tashkilotga 1992-yil 15-may kuni Toshkentda Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan imzolangan Kollektiv xavfizlik to‘g‘risidagi shartnoma bilan asos solingan. Keyinchalik shartnomaga Ozarbayjon (1993-yildan 1999-yilgacha), Gruziya (1993-yildan 1999-yilgacha) va Belarus qo‘shilgan.

O‘zbekiston o‘tgan vaqt davomida ODKB tarkibidan ikki marta chiqib ketgan — dastlab 1999-yil 2-aprelida (Gruziya va Ozarbayjon bilan birga), keyin 2012-yil 28-iyunida (tashkilotga 2006-yil avgustid qayta qo‘shilgan). Tashqi ishlar vazirligining 2012-yil iyunidagi bayonotida shartnomadan chiqishning aniq sabab va omillari tashkilot kotibiyatiga ma’lum qilingani aytilgan edi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2017-yili O‘zbekiston ODKBga qayta a’zo bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi. O‘shanda vazir O‘zbekiston o‘zining hech qanday harbiy yoki siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik konsepsiyasiga sodiq qolishini ta’kidlagan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston “ODKB”ga qayta qo‘shilmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют