» » Ispaniyada futbol tarixidagi eng yaxshilardan iborat yana bir ramziy terma jamoa tuzildi. Unda Ronaldu va Messi ham bor

Ispaniyada futbol tarixidagi eng yaxshilardan iborat yana bir ramziy terma jamoa tuzildi. Unda Ronaldu va Messi ham bor


Ispaniyaning Cadena SER radiosi futbol tarixidagi eng yaxshilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Mazkur terma jamoadan hozirda faoliyat yuritayotgan futbolchilar Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ham o‘rin olgan.

Ramziy terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Lev Yashin (SSSR)

Himoyachilar: Xose Molina (Ispaniya), Frans Bekkenbauer (FRG), Paolo Maldini (Italiya)

Yarim himoyachilar: Yoxan Kroyff (Niderlandiya), Zinedin Zidan (Fransiya), Xavi (Ispaniya)

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Diyego Maradona (Argentina), Lionel Messi (Argentina), Pele (Braziliya).

Ta’kidlash joiz, asli darvozabon bo‘lgan Xose Molinani radioboshlovchilar hazil aralash himoyachi pozitsiyasiga qo‘ygan. Gap shundaki, Molina Ispaniya terma jamoasidagi debyut o‘yinida himoyachi sifatida maydonga tushgandi.

Avvalroq AS nashri ham futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют