» » O‘zbekistonning 2019-yildagi eng yaxshi sportchisi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonning 2019-yildagi eng yaxshi sportchisi ma’lum bo‘ldi


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi 26-dekabr, payshanba kuni 2019-yil yakunlariga bag’ishlangan “Milliy sport mukofoti—2019” taqdirlash marosimini o‘tkazdi.

Mazkur tadbirda yil davomida O‘zbekiston sporti rivoji yo‘lida mehnat qilgan eng yaxshi atlet, murabbiy, federatsiya, hakam, sport mutasaddilari, jurnalist va mas’ul tashkilotlar 20 ga yaqin nominatsiya bo’yicha taqdirlandi.

Yilning eng yaxshi terma jamoasi — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi;

Yilning eng yaxshi federatsiyasi — O‘zbekiston Paralimpiya Milliy assotsiatsiyasi;

Sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun — “Qizilqum—sement” AJ;

Yil kashfiyoti — O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi;

Yilning eng yaxshi sport loyihasi — “Humo Arena” ko‘ptarmoqli muz saroyi;

Eng faol sport targ‘ibotchisi — Hilola Isoqova “MY5” telekanali muhbiri;

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti — Zohid Karimov “Sport” TV;

Yilning eng yaxshi sport shifokori — Sunnatilla Yo‘lchiyev — RSTIAM sport tibbiyoti bo‘lim boshlig‘i, travmatolog;

Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun — Eldor Shomurodov;

Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi — Timur G‘iyosov;

Yilning eng yaxshi murabbiyi — Rustam Mirzadiyarov – baydarka va kanoye bo‘yicha o‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi;

Yilning eng yaxshi yosh va istiqbolli sportchisi — Zaynab Dayibekova – qilichbozlik (sablya) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

Yilning eng yaxshi hakami — Tohir G‘ulomov – sport kurashlari bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam;

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi — Dilnoza Rahmatova;

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi — Bahodir Jalolov;

Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmati uchun — Oksana Chusovitina.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют