» » Ilhom Ne’matov: Bugun qo‘shnilar bilan hech qanday muammo yo‘q

Ilhom Ne’matov: Bugun qo‘shnilar bilan hech qanday muammo yo‘q


O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovning ma’lum qilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan hech qanday muammosi yo‘q. Bu haqda u “RIA Novosti”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ilhom Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, uch yil avval ekspertlar Markaziy Osiyoni turli siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, ekologik muammolar klubi deb atar edi. Ular mazkur muammolar klubi bir kunda Markaziy Osiyodagi qarama-qarshiliklarni yuzaga keltirishi mumkinligini aytar edi. Chunki O‘zbekiston birorta qo‘shni davlat bilan o‘z chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilmagan edi. Shuning uchun O‘zbekiston Prezidenti o‘z boshqaruvining dastlabki kunlaridan davlat chegaralarini huquqiy jihatdan rasmiylashtirishga alohida e’tibor qaratdi.

Ilhom Ne’matovning qayd etishicha, Prezidentning ochiq, konstruktiv va kelishuvga asoslangan siyosati tufayli ko‘plab muhim, jumboqli va murakkab masalalarga yechim topishga muvaffaq bo‘lindi. Bu muammolar ko‘plab yillar davomida O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan hakmorligi yo‘lida to‘siq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2019, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют