» » “Ko‘kcha” masjidi va 2 ta maktab gaz ta’minotidan vaqtincha uzib qo‘yiladi

“Ko‘kcha” masjidi va 2 ta maktab gaz ta’minotidan vaqtincha uzib qo‘yiladi


27-dekabr, juma kuni soat 11:00 dan 15:00 ga qadar Shayxontohur tumani Qo‘rg‘oncha va Oqsoy ko‘chalarida gaz quvurini ta’mirlash ishlari olib boriladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Mavzuga doir: Yashnobod, Mirobod va Bektemir tumanlarida 20-dekabr kuni gaz ta’minotida uzilish bo‘ladi

Ta’mir vaqtida tumandagi Tinchlik, Yoqubov, Shomahmudov, Oqsoy, Sharq 4-tor, O. Sharofiddinov 2-berk, Ahil 4-tor, Uchquduq, Sheroziy, Qo‘rg‘oncha 9-tor va 7-tor ko‘chalari, shuningdek, “Tinchlik” do‘koni, novvoyxonalar, 40 va 92-maktablar hamda “Ko‘kcha” masjidi gaz ta’minotidan vaqtincha uzib qo‘yiladi.

Avval Toshkent shahrining ba’zi hududlarida ta’mirlash ishlari sababli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi, xususan, Toshkent shahar Sergeli tumanida “So‘g‘diyona” MFY So‘g‘diyona ko‘chasidan o‘tgan yerosti gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli jami 80 ta aholi xonadoni va ulgurji gaz iste’molchilari 6 soat davomida tabiiy gaz ta’minotidan vaqtincha uzilishi, Yashnabod tumanidagi Zumrad va Husnobod ko‘chalari kesishmasida 25-dekabr, chorshanba kuni soat 10:00 dan 20:00 ga qadar yerosti gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют