» » Boxing Day: “Manchester Yunayted” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Boxing Day: “Manchester Yunayted” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 19-turi doirasida 26-dekabr, payshanba kuni Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da “Nyukasl”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mehmon jamoa yarim himoyachisi Mettyu Longstaff (17)ning goliga “qizil iblislar” Antoni Marsyal (24, 51), Meyson Grinvud (36) hamda Markus Reshford (41) tomonidan urilgan gollar bilan javob qaytadi.

Shu tariqa “mankunianlar” o‘z maydonida kechgan bahsda “Nyukasl”ni yirik 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Yunayted” ochkolari sonini 28 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Nyukasl” esa 25 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

APL

19-tur bahsi

26-tur bahslari

Gollar: 0:1 — 17 Longstaff, 1:1 — 24 Marsyal, 2:1 — 36 Grinvud, 3:1 — 41 Reshford, 4:1 — 51 Marsyal

“Manchester Yunayted”: De Xea, Maguayr, Shou, Lindelyof, Uan-Bissaka, Fred, Maktominey (Pogba, 46), Pereyra, Marsyal (Mata, 67), Grinvud, Reshford (Lingard, 63)

“Nyukasl”: Dubravka, Villems, Sher (Kraft, 88), Fernandes, Mankilyo, Almiron (Yedlin, 63), Longstaff, Longstaff, Lejen, Joelinton, Geyl (Atsu, 59)

Ogohlantirishlar: Maktominey (1), Pereyra (35), Sher (38), Yedlin (81)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2019, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют