» » Pekindagi “oltin”idan mahrum etilgan Taymazov, Peterburgdagi teraktning Toshkent metrosidagi aks-sadosi, Rossiyadan o‘zib ketgan O‘zbekiston va kunning boshqa muhim xabarlari

Pekindagi “oltin”idan mahrum etilgan Taymazov, Peterburgdagi teraktning Toshkent metrosidagi aks-sadosi, Rossiyadan o‘zib ketgan O‘zbekiston va kunning boshqa muhim xabarlari


6-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlar kirish imtihonlarida o‘zlari to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ballga ega bo‘ladi. Sobiq askar 100 ball to‘plasa, 50 ball qo‘shib beriladi. 50 ball to‘plasa — 25 ball qo‘shimcha!

2. Peterburg metrosidagi teraktdan so‘ng O‘zbekiston IIV rahbariyati Toshkent metropoliteni bekatlarini nazoratdan o‘tkazdi. Rossiyaning shimoliy poytaxti metrosida 3-aprel kuni yuz bergan terakt oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan edi.

3. Ijtimoiy so‘rov: O‘zbekiston fuqarolarining 83,5 foizi Harakatlar strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Aholining fikricha, mazkur hujjat jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirishga xizmat qiladi.

4. Artur Taymazov Pekin—2008 Olimpiadasi chempionligidan mahrum etildi. Kurashchining doping namunalaridan taqiqlangan modda topilgan. Oradan qariyb to‘qqiz yil o‘tib.

5. O‘zbekiston FIFA reytingida 3 pog‘ona ko‘tarilib, Rossiyani ortda qoldirdi. Braziliya 7 yil deganda peshqadam bo‘ldi. Vaholanki, mart oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga mag‘lub bo‘lgan edi (tan olish kerak, Qatarni mag‘lub ham etdi).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют