» » APLda 35 ta o‘yindan beri yutqazmayotgan “Liverpul” “Arsenal”ning rekordiga yaqinlashib qoldi

APLda 35 ta o‘yindan beri yutqazmayotgan “Liverpul” “Arsenal”ning rekordiga yaqinlashib qoldi


“Liverpul” futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 19-turida “Lester”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa Angliya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 35 ta o‘yinga yetkazdi.

Bu ko‘rsatkich borasida “Liverpul” klubi 1968/69-yillarda ketma-ket 34 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan “Lids”ni ortda qoldirdi.

Angliya chempionatida eng uzun mag‘lubiyatsiz seriya qayd etish borasida “qizillar” kuchli to‘rtlikka kirdi. Undan avvalgi natijalar “Chelsi” (2004/05-yillarda 40 ta mag‘lubiyatsiz seriya), “Nottingem Forest” (42, 1977/78) va “Arsenal” (49, 2003/04) kabi klublarga tegishli.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют