» » Jizzaxda Lacetti’ni olib qochgan 2 nafar yigit qo‘lga olindi

Jizzaxda Lacetti’ni olib qochgan 2 nafar yigit qo‘lga olindi


Jizzax shahrida 22-dekabr, yakshanba kuni 18 va 19 yoshli ikki yigit kaliti ichida qoldirilgan Lacetti avtomobilini olib qochdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 22-dekabr kuni taxminan soat 02:55 da 35 yoshli Sh.H. Jizzax shahri IIBga murojaat qilgan. Fuqaroning ma’lum qilishicha, u o‘zining Lacetti rusumli avtomashinasini uyi oldida kaliti o‘t oldirish joyiga tiqilgan holatda qoldirgan.

Sh.H. taxminan soat 02:50 da shovqin ovozini eshitib, tashqariga chiqqan. Shu vaqtda noma’lum shaxs avtomashina eshik oynasini sindirib, ichida qoldirgan kalit bilan avtomashinani o‘t oldirib, noma’lum tomonga haydab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 18 yoshli X.J. va 19 yoshli B.R. sodir etganligi aniqlangan. X.J. va B.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют