» » Mosulda IShID jangarilari Iroq harbiy vertolyotini urib tushirdi

Mosulda IShID jangarilari Iroq harbiy vertolyotini urib tushirdi


IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari Mosul g‘arbida Iroq armiyasiga tegishli vertolyotni urib tushirdi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Reuters’ning Iroq aksilterror operatsiyalar qo‘mondonligi shtabiga asoslanib xabar berishicha, havo kemasining ikki uchuvchisi halok bo‘lgan.

Iroq armiyasi bayonotiga ko‘ra, vertolyot Mosulning g‘arbiy qismini IShID jangarilaridan tozalayotgan maxsus bo‘linmaga havodan ko‘mak berayotgan edi.

Qo‘mondonlik axborotiga ko‘ra, bu Mosulda IShID jangarilariga qarshi operatsiya boshlanganidan beri qulagan ilk havo kemasidir.

Eslatib o‘tamiz, Iroq qurolli kuchlari Mosulning g‘arbiy qismini IShIDdan ozod etish bo‘yicha operatsiyani davom ettirmoqda.

Kattaligi bo‘yicha Iroqning uchinchi shahri hisoblangan Mosul 2014-yildan beri IShID nazorati ostida bo‘lib, uning norasmiy poytaxti sanalar edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют