» » Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish takomillashtiriladi

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish takomillashtiriladi


Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlata qo‘mitasi “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Hujjatda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olishni takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritish, geofazoviy axborotni shakllantirish bo‘yicha bir qator tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Aholi va tadbirkorlar uchun ro‘yxatga olishning huquqiy bazasi yaratildi va tartib-taomillari soddalashtirildi.

Shu bilan birga, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish tizimini o‘rganish natijalari bir qator kamchiliklarni aniqlab berdiki, ular mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, prognozlash va biznesni rivojlantirish uchun to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishga to‘sqinlik qiladi.

Bundan tashqari, mavjud imkoniyatlar va salohiyatdan yetarlicha foydalanmaslik, shuningdek, quyidagi ko‘rsatilgan tizimli muammolarning mavjudligi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini tizimli yuritish, ko‘chmas mulkning kadastr bahosini shakllantirish tizimini yanada takomillashtirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:

Ushbu holatlar hamda to‘planib qolgan tizimli muammolar ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastr hisobi va ularga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish, davlat kadastrlarini yuritish, geofazoviy axborotni yaratish va foydalanish sohasidagi faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan isloh qilishni taqozo etadi.

2017–2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ma’muriy islohot konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, geofazoviy axborotni yaratish va undan foydalanish, davlat kadastrlarini yuritish va ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

Loyiha ko‘ra quyidagilar negizida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi qoshida Kadastr va geofazoviy axborot agentligi tashkil etiladi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют