» » Yangi yil dasturxonida ovqatdan zaharlanmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Yangi yil dasturxonida ovqatdan zaharlanmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?


Ayni kunlarda O‘zbekistonda Yangi yil bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Dasturxondagi oziq-ovqat mahsulotlarini kimdir uyida tayyorlasa, kimdir dehqon bozorlaridan, savdo majmualaridan, yana kimdir belgilanmagan joylarda savdo qilayotgan fuqarolardan sotib oladi.

Biroq bu mahsulotlarning hammasini ham xavfsizligi kafolotlanmagan, ularni saqlash va sotish jarayonida sanitariya qoida va me’yorlariga rioya etilmagan bo‘lishi mumkin. Ayniqsa tez buziluvchi go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, kremli qandolot, salatlar, hamirli va boshqa xavfsizligi kafolotlanmagan mahsulotlarni iste’mol qilinishi natijasida ovqatdan zaharlanish holatlari kelib chiqishi mumkin.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining “Daryo”ga ma’lum qilishicha,  xavfsizligi va sifati kafolatlanmagan uy sharoitida tayyorlangan, botulizm qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish ovqatdan zaharlanishlarning eng og‘ir turi — botulizm kasalligini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, boshqa tez buziluvchi oziq-ovqatlar mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish jarayonida sanitariya qoida va me’yorlariga rioya etilmasligi ularni kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar bilan zararlanishiga, iste’mol qilganda esa ovqatdan zaharlanishlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Botulizm va boshqa bakteriyalardan zaharlangan odamda kasallik belgilari 2 soat o‘tib, yoki 8—10 kun davomida paydo bo‘ladi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og‘riq, ichning tez-tez kelishi, tana haroratini ko‘tarilishi kuzatiladi. Botulizm kasalligida nafas olish qiyinlashadi, jismlar ko‘zga ikkita bo‘lib ko‘rinishi (diplopiya), ko‘z qovoqlarini osilib qolishi (ptoz), yutish qiyinlashishi va gapirish qobiliyati pasayishi, bo‘yin va oyoq mushaklari zaiflashishi kabi kasallikning klinik belgilari namayon bo‘ladi.

Ushbu belgilar kuzatilganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur. Kasallikni uy sharoitida o‘z bilganicha davolash qat’iyan man etiladi.

Angentlik Yangi yil bayrami tadbirlarida turli xil nohush holatlar va ko‘ngilsizliklarni oldini olish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishda juda ham ehtiyotkor bo‘lishni, belgilanmagan joylardan noma’lum sharoitda tayyorlangan, sifati va xavfsizligini kafolotlovchi hujjatlari bo‘lmagan, tashqi ko‘rinishi shubhali bo‘lgan, yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarini sotib olmaslikni, shuningdek, tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarni saqlash sharoitlariga e’tiborli bo‘lish va uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslik kerakligidan ogohlantirdi.

“Xonadonda past haroratda saqlanishi talab etilgan mahsulotlarni sovutgichlarda saqlash lozim. Pishgan va xom mahsulotlar bir joyda saqlanishi mumkin emas, taomlar, salatlarni ehtiyojga qarab tayyorlash, uzoq saqlanib qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik kerak”, — deya qo‘shimcha qilingan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют