» » Turkiyada transplantologiya: Yangi organ bilan yangi hayot

Turkiyada transplantologiya: Yangi organ bilan yangi hayot


Turkiyada transplantologiya darajasi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili mamlakatda 5000 dan ortiq organ transplantatsiyasi amalga oshiriladi — bu Yevropaning ayrim joylaridagiga qaraganda ko‘proq. Organlarning 75% tirik donorlardan olinadi. Turkiya o‘zining rivojlangan tibbiy infratuzilmasi va katta ish tajribasi tufayli dunyoda tirik a’zolarni transplantatsiya qilish bo‘yicha dunyodagi birinchi uchlikka kiradi.

Kattalar va bolalarda jigar, buyrak va suyak iligi transplantatsiyasi jarrohlik operatsiyalari soni bo‘yicha yetakchilar qatorida turadi.

Milliy organlar hayriya haftaligi doirasida har yili o‘tkaziladigan xabardorlik tadbirlari tufayli Turkiyada organ donorlari soni 500 000 dan oshadi.

Har bir donor nomzod xoh mahalliy bo‘lsin, xoh xorijlik bo‘lsin, qat’iy tibbiy va etik nazoratdan o‘tkaziladi.

Odatda chet ellik bemorlar o‘zlarining qarindoshlari — qarindoshlikning 4-darajali donorlari bilan kelishlari kerak, ammo istisnolar ham mavjud. Masalan, agar suyak iligi transplantatsiyasiga muhtoj bemor o‘z uyida mos donorni topa olmasa, u Turkiya Milliy Donorlik Bankining xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Ko‘z qorachig‘i transplantatsiyaga muhtoj bo‘lgan xorijlik bemorlar ham donorlar banki xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Organlar transplantatsiyasi bo‘yicha operatsiyalar Turkiyada so‘nggi protokollar bo‘yicha yuqori texnologik jarrohlik uskunalari yordamida amalga oshiriladi. Bu turk transplantologlariga og‘irligi 4 kgdan 6 kg gacha bo‘lgan yosh bolalarni ham operatsiya qilish imkonini beradi.

Zamonaviy transplantologiyaning yutuqlari orasida laparoskopik va robotlashtirilgan jarrohlikdan keng foydalanish mavjud. Masalan, turk jarrohlari buyrak transplantatsiyasi uchun robotlashtirilgan jarrohlik amaliyotlaridan foydalanadilar. Robototexnika qo‘llar bilan yetish qiyin bo‘lgan joylarga osongina yetib boradi. Bu katta kesmalarning oldini olishga yordam beradi va operatsiyadan keyingi statsionar davrini sezilarli darajada kamaytiradi.

Ildiz hujayralar transplantatsiyasi Turkiyada yana bir tez rivojlanayotgan sohadir. Ildiz hujayralar terapiyasi miya falaji, orqa miya shikastlanishi, serroz va ba’zi autoimmun kasalliklar kabi jiddiy kasalliklarda yaxshi natijalar beradi. Boshqacha qilib aytganda ildiz hujayralari an’anaviy tibbiyot kuchsiz bo‘lgan joylarda yordam beradi. Ular shikastlanish yoki kasallik natijasida o‘lgan funksional hujayralarni almashtirish uchun ishlatiladi. Ko‘pgina bemorlar uchun bu yagona imkoniyat, to‘liq tiklanish uchun bo‘lmasa ham hech bo‘lmaganda hayot sifatini yaxshilash uchun.

Umuman olganda, Turkiyada sog‘liqni saqlash juda tez rivojlanmoqda, hukumat shifokorlarni xorijda o‘qitish va zamonaviy jihozlarni sotib olishni moliyalashtirmoqda. So‘nggi 20 yil ichida ushbu sohaga kiritilgan sarmoyalarning umumiy hajmi 30 milliard AQSh dollariga yetdi.

2005-yilda xalqaro tibbiy turizmni rivojlantirish va chet ellik bemorlarga yordam berish maqsadida Turkiya tibbiyot turizmi assotsiatsiyasi (TTTA) tashkil etilgan. Bugungi kunda TTTA nafaqat Turkiyada, balki dunyodagi eng yirik sog‘liqni saqlash birlashmasi bo‘lib, 375 a’zoga ega, ular orasida kasalxonalar va klinikalar, issiqlik va reabilitatsiya markazlari, mehmonxonalar, sog‘lomlashtirish markazlari, shuningdek , dunyoning 92 ta mamlakatidagi 167 nafar vakolatxonalar tarmog‘i mavjud.

Rivojlangan infratuzilma va tibbiy xizmatlarning narxi va sifatining o‘ziga xos nisbati tufayli har yili dunyoning turli chekkalaridan 1 millionga yaqin insonlar diagnostika va davolanish uchun Turkiyaga tashrif buyuradi. Va bu ajablanarli emas, boisi bugungi kunda Turkiya tibbiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha dunyodagi hamda Yevropadagi yetakchi mamlakatlar bilan bir qatorda turadi. Ko‘plab shifokorlar Germaniyada, Yevropaning boshqa davlatlarida hamda AQShda malaka oshirishgan va amaliyot o‘tashgan. Shu bilan birga, Turkiyadagi tibbiy xizmatlarning narxi G‘arbiy Yevropa, Amerika yoki Isroilga qaraganda ancha arzon.

Turkiyaning eng yaxshi klinikalari JCI va TEMOS International — bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eng yuqori xalqaro sifat standartlariga muvofiq sertifikatlangan .

“Turkiya bugun tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida yaxshi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Bizga har kuni 165 mamlakatdan davolanish va reabilitatsiya qilish talablari kelib tushadi,asosan bu og‘ir holatlar, kattalar va bolalar orasidagi onkologiya, transplantologiya, neyroxirurgiya, ortopediya, kardiologiya kabi ”, — dedi Turkiya tibbiyot turizmi assotsatsiyasi (TTTA) raisi Emin Chakmak

TTTA klinikani tanlashda yordam berishdan tashqari, chet ellik bemorlarga qo‘shimcha imtiyozlar, jumladan, aeroportdan manzilga bepul yetkazish, Turkiyada mehmonxonalarda yashash uchun chegirmalar, bepul tarjimon xizmatlarini taqdim etish va boshqa ko‘p narsalarni kafolatlaydi.

O‘zbekistondagi aloqa

+998 94 629 55 39

uzbekistan@thtdc.org

https://thtdc.org/

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют