» » Gvardiola jamoasi “bo‘rilar”ga ikkinchi marta taslim bo‘ldi. Bungacha faqat “Chelsi” bu ishni uddalay olgan

Gvardiola jamoasi “bo‘rilar”ga ikkinchi marta taslim bo‘ldi. Bungacha faqat “Chelsi” bu ishni uddalay olgan


“Manchester Siti” klubi futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 19-turida “Vulverhempton”ga yutqazib qo‘ydi (2:3).

Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa Premyer Liga ushbu mavsumi doirasida ketma-ket ikkinchi bor “bo‘rilar”ga mag‘lub bo‘ldi. “Manchester Siti” 6-oktabr kuni o‘z maydonida “Vulverhempton”ga imkoniyatni boy bergandi (0:2).

Gvardiola murabbiylik faoliyati mobaynida ikkinchi marta mavsum davomida bir jamoaga ikki marta yutqazib qo‘ydi. Birinchi marta 2016/17-yilgi mavsumda ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi “Manchester Siti” APL doirasida ketma-ket Antonio Kontening “Chelsi”siga mag‘lub bo‘lgandi.

Bunga qadar Gvardiola “Barselona” va “Bavariya” klublarida ham faoliyat yuritgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют